Jahon | 09:24 / 19.10.2018
12767
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp samolyotdagi favqulodda vaziyatdan so‘ng rafiqasini maqtadi

Foto: GLOBAL LOOK press/Ron Sachs

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp samolyotda tutun paydo bo‘lgan paytda o‘zini xotirjam tutgan rafiqasi Melanya Trampni maqtadi. U bu haqda Montanadagi miting davomida ma'lum qildi, tadbirdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya Trampning feysbukdagi sahifasida efirga uzatildi.

Amerika yetakchisining tan olishicha, samolyot bortidagi yong‘in haqida xabar berishganida, u boshqa hech narsa aytmaslikni so‘ragan.

«Ular tezlik bilan pastlashdi. Ajoyib uchuvchilar. Melanya ham o‘zini juda xotirjam tutdi», - degan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Melanya Tramp favqulodda vaziyat paytida qo‘rqib ketmagan.

«U nima qildi? U shu darajada xotirjam bo‘lganki, biz bunga ishonmadik ham. Hammaning yuzida nam sochiq bo‘lgan, men ham, ehtimol, shunday qilgan bo‘lardim, u esa qanday o‘tirgan bo‘lsa, shunday o‘tiravergan. U shunday. U ajoyib birinchi xonim», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Melanya Trampning samolyoti bilan favqulodda vaziyat yuz bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid