Tramp AQSh raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqishini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Sobiq ittifoq bilan tuzilgan O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqishini ma'lum qildi.
Trampning aytishicha, AQSh kelishuvga to‘liq amal qilmoqda, biroq Rossiya uning shartlarini bajarmayapti. AQSh prezidenti undan avvalgi prezident Barak Obama “AQShni bu kelishuvdan nima uchun avvalroq olib chiqmagani”dan taajjub bildirgan.
“Biz kelishuv buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Rossiya kelishuvga amal qilmayapti, shu sababli afsuski, biz uni bekor qilishga majburmiz”, deb aytgan Tramp Fox News telekanali efirida.
Tramp kelishuvda ko‘rsatilgan qurolni rivojlantirish zarurligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq OAV Oq uy yaqin haftalarda Moskvani kelishuvdan chiqishi haqida xabardor qilishini ma'lum qilgan. Vashingtonning fikricha, Rossiya taqiqlangan qanotli raketalarni ishlab chiqarish va joylashtirishni davom ettirmoqda.
Oxirgi vaqt Rossiya va AQSh bir-birini kelishuvni buzishda ayblab kelgan. AQSh kongressida Rossiyaga qarshi ayblovlarni mustahkamlovchi hujjat ishlab chiqish taklif qilingan. Bu Vashingtonga raketalar hujumiga qarshi mudofaa kelishuvidan chiqqandek ushbu kelishuvdan chiqish imkonini berishi aytilgan.
Moskva o‘z navbatida kelishuvning barcha shartlariga amal qilib kelayotganini ko‘plab marta ta'kidlab o‘tgan va AQShga kelishuvning ba'zi bandlari bajarilishi bo‘yicha jiddiy savollarga egaligini aytgan.
Kelishuv 1987 yilda Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan imzolangan. Hujjat uchish uzoqligi 500 kmdan 1000 kmgacha va 1000 kmdan 5500 kmgachani tashkil qiluvchi raketa qurollarining butun bir sinfini qisqartirishni ko‘zda tutgan.
1991 yilda kelishuv to‘liq bajarilgan. Sobiq ittifoq kelishuv doirasida 1752 ta, AQSh esa 859 ta ballistik raketani yo‘q qilgan.
Hujjatning amal qilish muddati cheklanmagan. Biroq tomonlardan har biri kelishuvni bekor qilish zarurligiga ishonchli dalillarni keltirgan holda undan chiqish huquqiga ega.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024