Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela «migrantlar karvoni»ga homiylik qilishda ayblandi
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pencning fikricha, Venesuela hukumati Qo‘shma Shtatlar va Meksika chegaralariga yaqinlashib kelayotgan «migrantlar karvoni»ni moliyalashtiryapti. Pensning so‘zlari El Nacional tomonidan keltirilgan.
Pensning qayd etilishicha, Honduras yetakchisi Xuan Orlando Ernandes «karvon»ni moliyalashtirish uchun mablag‘ manbasi haqida aytgan - uning ma'lumotlariga ko‘ra, migrantlar guruhiga bu davlatdagi so‘l harakat homiylik qilyapti, u esa, o‘z navbatida, Venesuela hukumatidan pul oladi.
«[«Migrantlar karvoni»] bizning suverenitetimiz hamda chegaramizga chaqiriq tashlash maqsadida shimolga jo‘natildi», - dedi Penc.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, AQSh rasmiylari migrantlarni o‘z hududiga kiritmaslik niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Meksika bilan chegaraga qancha qo‘shin jo‘natishini aytgandi.