AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar va Meksika çegarasiga mamlakatga noqonuniy migrantlarni kiritmaslik uçun yetarli böladigan miqdorda qöşin yuboradi. Prezidentning sözlari USA Today tomonidan keltirilgan.

Trampdan Meksika bilan çegaraga qança harbiy xizmatçi yuborilişi mumkinligi haqida söralganda, u «ular qança kerak bölsa, şunça bölişini» ta'kidlab ötdi.

Şuningdek, uning yana bir bor ma'lum qilişiça, demokratlar migrantlar bilan boğliq vaziyatda aybdordir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞga kelayotgan migrantlarga çaqiriq bilan çiqqandi.

Donald Tramp Markaziy Amerikadan kelayotgan migrantlarni Meksikaga boşpana sörab murojaat qilişga çaqirdi.