Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda yashovchi fuqaro 733 ming dollarni olib chiqib ketishga urindi
DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chust tumani G‘ova qishlog‘i yaqinidagi chegara hududi orqali juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutalarning mamlakatimizdan olib chiqib ketilishining oldi olindi, deb yozmoqda O‘zA.
Ma'lum bo‘lishicha, 1984 yil Chust tumanida tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mashina yukxonasidagi uch dona polietilen paketda 733 ming AQSh dollarini bojxona nazorat maskanlarini chetlab, Qirg‘izistonga o‘tkazish maqsadida ketayotgani aniqlandi va mazkur daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, A.A.ni bu ishga akasi B.A. undagan. U 2017 yili xuddi shu turdagi jinoyatni sodir etgan va ayni paytda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotganiga qaramay, yana qing‘irlik ko‘chasiga kirib, bu gal ukasini yo‘ldan urgan. A.A.ning vazifasi Toshkent shahrida akasi tanishtirgan shaxslardan olgan valyuta qimmatliklarini Qirg‘izistonga o‘tkazishi kerak bo‘lgan G‘ova qishlog‘ida yashovchi jinoiy sherigiga yetkazishdan iborat bo‘lgan.
Davom ettirilgan tezkor tadbir natijasida A.A.ning hamtovog‘i 1979 yil Chust tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan O.M. ham voqea joyida qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 06.03.2026
Budapeshtda avtomobillarda o‘nlab million valuta va oltin olib ketayotgan Ukraina banki xodimlari qo‘lga olindi
21:08 / 06.03.2026
Namanganda ayol jazmani bilan birgalikda yollanma qotil orqali erini o‘ldirmoqchi bo‘ldi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026