Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar
Adliya vazirligi tizimida keyingi vaqtlarda ro‘y bergan yangi tayinlovlar haqida vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lumot berdi.
Salauatdin Xudaybergenov — 2018 yil 15 oktabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

S.Xudaybergenov 1995–1999 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, 1999–2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2006–2012 yillarda Vazirlar Mahkamasida mas'ul lavozimlarda, 2012–2015 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimida, 2015 yildan lavozimga tayinlangunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati lavozimida ishlab kelgan.
Ulug‘bek Masharipovich Masharipov — 2018 yil 23 oktabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

U.Masharipov 2012 yildan buyon Adliya vazirligi tizimida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Behzod Rahmatilloyevich Boliyev — 2018 yil 16 oktabrdan egallab turgan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan Prezident Administratsiyasi sektor mudiri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan ozod qilindi.
Ulug‘bek Taxirjanovich Ismatillayev — 2018 yil 28 avgustdan Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

2004–2017 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli lavozimlarda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2017 yildan lavozimga tayinlangunga qadar Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Shuhrat Abduhalimovich Abduhalimov — 2018 yil 8 oktabrdan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Sh.Abduhalimov 2006–2014 yillar Adliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2014-2017 yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida, 2017–2018 yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Alisher Rahmatullayevich Isoqov — 2018 yil 11 oktabrdan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Isoqov 2005–2018 yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2018 yil may oyidan O‘zbekiston Respublikasi Senati devoni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga oid
15:08 / 11.06.2026
Kadastr agentligiga yangi rahbar tayinlandi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
14:07 / 08.06.2026
Toshkent viloyatidagi ikki shaharda hokimlar o‘zgardi
11:50 / 08.06.2026