Jahon | 09:54 / 29.10.2018
18877
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspert «Samarqand» majmualarining maqsadi haqida gapirdi

Foto: TASS

Kaliningrad oblasti va Rossiyaning qator boshqa mintaqalari, shuningdek, Belarusda joylashtiriladigan «Samarqand» radioelektron kurash majmualari (RKM) haqida juda kam narsa ma'lum. Harbiy ekspert Maksim Shepovalenko «Vzglyad» gazetasiga bu vositalar nimalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.

«Katta ehtimol bilan, «Samarqand» - bu operativ-strategik ahamiyatga ega vosita. U taktik darajada yetkazib beriladigan narsa emas. Bu, ehtimol, armiya yoki okrug darajasidagi vositadir», - deya ta'kidlab o‘tdi Strategiyalar va texnologiyalar tahlil markazi eksperti, zaxiradagi ikkinchi rangdagi kapitan Maksim Shepovalenko. 

«Barcha RKM vositalari dushmanning radioelektron vositalari bo‘yicha ishlaydi: aloqa vositalari, navigatsiya, radiolokatsiya. Nurlanadigan barcha narsa - bosib qo‘yiladi», - deya tushuntirdi Shepovalenko. 

«Bu UKV-diapazondagi radiostansiyalarni to‘sib qo‘yish uchun vosita emas. U birlashgan qo‘mondonlik halqasida dushmanning boshqaruv vositalari va aloqasini bosib qo‘yish uchun RKM tizimidir», - deydi ekspert. Uning ta'kidlashicha, «Samarqand» bo‘yicha aniq tafsilotlar hali ma'lum emas.

«Umuman olganda, bu qandaydir taktik narsa emas, balki yuqori darajadagi jiddiy o‘yinchoqdir», - deya hisoblaydi Shepovalenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi 13ta harbiy qismda, xususan Kaliningrad oblastida "Samarqand" radioelektron kurash majmualarini joylashtirishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid