Jahon | 15:01 / 29.10.2018
14547
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Tojikistonga yangilik saytlari bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: AP/ Olga Tutubalina

Yevropa ittifoqi Tojikistonni yangilik saytlari va ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklash bo‘yicha ishlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda dushanba, 26 oktabr kuni Dushanbedagi inson huquqlari bo‘yicha o‘ninchi muloqot chog‘ida aytildi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus».

Tojikistonning xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashdagi ustuvor yo‘nalishlari qo‘llab-quvvatlanishi bilan bir qatorda, YeIning ta'kidlashicha, ichki barqarorlik axborotga erkin kirish imkoni yo‘qligi bilan mos kelmaydi, aslida ular bir-birini to‘ldirishi kerak.

YeI vakillari qayd etishicha, ma'lumotlardan foydalanish istalgan demokratik davlatning muhim qismi sanaladi. Yevropa ittifoqi Tojikiston hukumatini barcha jurnalistlarga bu borada yengillik berishga chaqirgan.

Uchrashuvda Yevropa ittifoqi delegatsiyasiga Yevropa tashqi harakatlar xizmati huzuridagi Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Boris Yaroshevich, Tojikiston delegatsiyasiga esa - Tojikiston prezidenti ijro devonining Inson huquqlari kafolati boshqarmasi boshlig‘i Abdujabbor Sattorzoda boshchilik qildi.

Mavzuga oid