Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marotta «Inter» taklifiga rozi bo‘ldi
«Yuventus»ning sobiq bosh direktori Juzeppe Marotta xuddi shu lavozimda ishlash uchun «Inter»ga kelishga rozi bo‘ldi, ammo u dastlab turinliklar bilan shartnomasini to‘la bekor qilib olishi zarur. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, Marotta «Yuve» bilan o‘rtadagi aloqalarni rasman uzishi bilanoq «Inter» taklif etgan hujjatlarga imzo qo‘yadi.
«Neradzurri»ning hozirgi bosh ijrochi direktori Alekssandro Antonello klubdagi faoliyatini Marotta bilan birga davom ettirishi aytilmoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Erik Tohir o‘rniga «Inter»ning yangi prezidenti sifatida ish boshlagan 26 yoshli Stiven Chjan klubning 110 yillik tarixida davomidagi eng yosh prezidentga aylangan. U o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 62 yoshli funktsionerni «buyuk inson» sifatida ta'riflagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Marotta «Yuve» rahbariyati qarori bilan sentabr oxirida lavozimidan ketgan edi. Uning Turindagi 8 yillik boshqaruvi davrida jamoa 7 karra Italiya chempioni bo‘ldi, ikki marta YeChL finaliga qadar yetib bordi.
Mavzuga oid
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024