Jahon | 17:40 / 29.10.2018
5459
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel XDI raisi lavozimini tark etadi

Foto: Getty Images

Germaniya kansleri Angela Merkel Xristian-demokratik ittifoq (XDI) raisi lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Merkel bu haqda partiya prezidiumi yig‘ilishida ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Merkel partiyani 2000 yilning aprelidan beri boshqarib kelmoqda.

Shu bilan birga, manbalar so‘ziga ko‘ra, Merkel Germaniya kansleri bo‘lib qolmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uchinchi reyx bo‘yicha ekspert Merkelni keskin tanqid qilgandi.

Germaniyalik tarixchi Gyots Gaydar Alining Berliner Zeitung gazetasidagi maqolasida bildirishicha, GFR kansleri Angela Merkelda terrorchilarga nisbatan qarama-qarshi bayonotlar va xatti-harakatlar mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid