Uchinchi reyx bo‘yicha ekspert Merkelni keskin tanqid qildi
Germaniyalik tarixchi Gyots Gaydar Alining Berliner Zeitung gazetasidagi maqolasida bildirishicha, GFR kansleri Angela Merkelda terrorchilarga nisbatan qarama-qarshi bayonotlar va xatti-harakatlar mavjud.
Gyotsning ta'kidlashicha, Suriya Arab Respublikasi armiyasi IShID guruhi terrorchilarini yo‘q qilish niyatida haqida e'lon qilganida, rasmiy Berlin SAR prezidenti Bashar Asadning barcha harakatlari - bu «yovuzlik», ekani haqida javob qaytarmoqda. Biroq, terrorchilar «150ta suriyalik oilani» o‘g‘irlab ketganida, Merkel matbuot kotibi bu haqda hech narsa gapirmayapti ham, deya o‘z fikrini bildirgan tarixchi.
Gyots Rossiya maxsus xizmatlari bilan mojarolar haqida gapirib, shu kabi qarama-qarshilikka e'tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin har doim Rossiya maxsus xizmatlarining jinoyatlari haqidagi xabarlariga keskin munosabatda bo‘ladi, biroq saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ommaviy axborot vositalari xabarlariga izoh bermadi.
«Saudiya Arabistoni haqida gap ketganda, faqat iqtisodiy manfaatlar hukumat uchun muhim bo‘ladi», - deya xulosa qiladi Gyots.
Gyots Vena universitetida ishlaydi. U Uchinchi reyx davridagi evtanaziya, Uchinchi reyxning iqtisodiy siyosati va xolokost masalalari bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
10:30
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024