Jahon | 08:47 / 31.10.2018
2630
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Suriya bo‘yicha yangi maxsus vakil tayinladi

Foto: Norwegian Ministry of foreign affairs

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterresh tashkilotning Suriya bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga diplomat Geyr Pedersenni tanladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Pedersen ushbu lavozimda Staffan De Mistura o‘rnini egallaydi.

Aniqlik kiritilishicha, bu nomzod BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh Suriyadagi harbiy missiyada nimaga e'tibor qaratishini ma'lum qilgandi.

NBC News xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Suriya hududida harbiy mojaroda ishtirok etishning yangi strategiyani ishlab chiqmoqda. Yangi strategiya Eron qurolli kuchlarini Suriyadan chiqarib tashlash muammosiga yanada ko‘proq e'tibor qaratadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid