Jahon | 10:02 / 31.10.2018
20687
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada yuzlab Maserati’lar yonib kul bo‘ldi

Foto: genova.repubblica.it

Italiyaning Savona shahri portida yomon ob-havo sababli yong‘in chiqdi. Yong‘in oqibatida portdagi bir necha yuzlab yangi mashinalar, asosan Maserati avtomobillari yonib kul bo‘lgan, deb xabar berdi La Repubblica nashri. 

Ta'kidlanishicha, yomon ob-havo sababli dengiz suvi portni, jumladan Yaqin Sharqqa eksport qilinishi kerak bo‘lgan avtomobillar turgan terminalni toshqin ostida qoldirgan. Suv avtomobillarda qisqa tutashuv yuz berishiga olib kelgan, bu esa akkumulyator batareyalarining portlashi va kuchli yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishga bir necha soat talab qilingan. 

Yengil avtomobillardan tashqari, yuk mashinalar va boshqa transport vositalari yonib ketgan. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, yong‘inda 300 dan ko‘proq avtomobilga shikast yetgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid