Jahon | 14:48 / 31.10.2018
4430
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh KXDR bo‘yicha yangi guruh tuzadi

Foto: REUTERS

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Janubiy Koreya KXDR bo‘yicha sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun ishchi guruh tuzadilar. Bu haqda «Ryonxap» Davlat departamenti vakili Robert Palladinoga asosan xabar bermoqda.

Bunday kelishuvga AQShning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Stiven Bigunning Seulga safari chog‘ida erishilgan.

«Har ikki mamlakat diplomatiya, yadrosizlantirish, sanksiyalarga rioya etish hamda BMT sanksiyalariga amal qiluvchi Koreyalararo hamkorlik bo‘yicha o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan yangi ishchi guruh tuzishga kelishib oldi», - deya aytib o‘tdi Palladino. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya va'da bergandi.

KXDR xalq qurolli kuchlari vaziri o‘rinbosari Kim Xyon Ryonning ma'lum qilishicha, mamlakat Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid