KXDR xalq qurolli kuçlari vaziri örinbosari Kim Xyon Ryonning ma'lum qilişiça, mamlakat Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun öz majburiyatlarini bajarişda davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«KXDR keskinlikni kamaytiriş va Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinçlikka erişiş maqsadida öz majburiyatlari hamda rolini bajarişda davom etmoqçi», - deya ma'lum qildi u.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDR yetakçisi Kim Çen Inga işonayotganini tan olgandi. Biroq, uning qayd etişiça, xato qilayotganini istisno etib bölmaydi.
Donald Tramp, şuningdek, KXDR rahbari Kim Çen Indan kelgan maktublarni körsatişga va'da berdi, u ularni «mehrli», deb atadi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Kim Çen In haşamatli buyumlarga 640 mln dollar sarflagani xabar berilgandi.













