Jahon | 08:14 / 01.11.2018
4263
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In tez orada Seulga kelishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Korea Summit Press Pool/AP

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Seulga «yaqin orada» tashrif buyuradi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Mun Chje In Shimoliy Koreya yetakchisining tashrifi bo‘yicha boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Shuningdek, u Kim Chen Inning safari sanasiga ham aniqlik kiritmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya va'da bergandi.

KXDR xalq qurolli kuchlari vaziri o‘rinbosari Kim Xyon Ryonning ma'lum qilishicha, mamlakat Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi. 

«KXDR keskinlikni kamaytirish va Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida o‘z majburiyatlari hamda rolini bajarishda davom etmoqchi», - deya ma'lum qildi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid