O‘zbekistonda pullik magistral yo‘llar quriladi

Foto: TASS/ Mixail Djaparidze
Umumfoydalanishdagi muqobil yo‘llar bo‘lgan joylarda pullik magistral yo‘llar quriladi. Ularda yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori tezlik belgilanganidan 20 km/soatga ortiq bo‘ladi, foydalanganlik uchun haq esa sutkadagi vaqtga qarab tabaqalashtiriladi, deb yozmoqda Norma.
Hukumat 2018–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish niyatida. Hozir ular QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Pullik avtomobil yo‘llari tarmog‘i barpo etilishi mamlakatimiz uchun yangi holat, shu sababli zarur normativ-huquqiy bazani yaratish talab etiladi. «Pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish ko‘zlanmoqda.
Pullik yo‘llar davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi. Bunday hamkorlik tartibini ishlab chiqish lozim.
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va IIV yangi infratuzilma obektlarini barpo etish bo‘yicha investitsiyaviy majburiyatlarni qabul qilgan holda pullik magistral yo‘llarni qurish uchun hududlar ro‘yxatini yangi yilgacha ishlab chiqishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek 2019 yilda mamlakatning barcha mintaqalarida pullik magistral yo‘llarni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqiladi.
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chimkent va O‘zbekiston chegarasi o‘rtasidagi yo‘l qismi pullik bo‘lishi xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 11:35
-
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:33
-
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 11:32
-
O‘zbekiston Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi
O‘zbekiston | 11:20
Mavzuga oid

20:51 / 02.05.2025
Hududlarda 24 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi belgilandi

21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi

08:08 / 07.07.2023