Jamiyat | 14:38 / 02.11.2018
25384
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Eshitdingizmi? Xorijiy valyutani bankomatga qo‘yasiz va …. so‘mga ayirboshlanadi!

Aktsiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy  xizmatlar  ko‘lamini  kengaytirish maqsadida respublika bo‘ylab 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz,xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ishga tushirayotganligi haqida avval xabar berilgan edi.

Foto: Qishloq qurilish bank

 

Bank tomonidan yana bir qulaylik yaratildi - Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozoriga yaqin xududda joylashgan 24/7 shoxobchasida avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat to‘liq  ishga tushirildi.

Endilikda mazkur shoxobchadagi bankomat orqali fuqarolar, turistlar kecha-yu kunduz, kunning istalgan vaqtida AQSh dollarini  ayirboshlashi mumkin!

Bank tomonidan yana 19 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi shunday bankomatlar xarid qilingan bo‘lib, yaqin kunlarda respublikaning turli xududlarida joylashgan 24/7 rejimida ishlaydigan shoxobchalarda  ishga  tushiriladi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Eslatib o‘tamiz, ATB “Qishloq qurilish bank”ning 24/7 shoxobchalari zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi klaviaturali  infokiosk  qurilmalari bilan jihozlangan.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Foto: Qishloq qurilish bank

Ma'lumot uchun:

Telefon: 71 150-93-39

Veb-sayt:www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid