Foto: Qishloq qurilish bank

Aktsiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy  xizmatlar  ko‘lamini  kengaytirish  maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Mirobod” dehqon  bozoriga yaqin xududda 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz,xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasini foydalanishga topshirdi. Shoxobcha zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi klaviaturali  infokiosk  qurilmalari bilan jihozlangan.

Foto: Qishloq qurilish bank
Foto: Qishloq qurilish bank

Bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida so‘m plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishi mumkin.

Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisobvarag‘i harakati to‘g‘risida ma'lumot olish, “SMS-xabarnoma”  xizmatiga ulanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Foto: Qishloq qurilish bank
Foto: Qishloq qurilish bank

Endilikda “Qishloq qurilish bank” mijozi  bo‘lgan  yuridik  shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shoxobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd  pulsiz  to‘lov  amaliyotlarini  bajarmoqdalar.