Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba rahbari Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan keldi
Foto: Globallookpress
Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi raisi Migel Dias-Kanel Bermudes 4 noyabrda Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan keldi.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, Kuba yetakchisi samolyoti Pxenyandagi Sunan aeroportiga qo‘ngan.
Dias-Kanel va uning rafiqasini Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In rafiqasi bilan kutib olgan.
Kuba rahbari bundan avval Rossiyaga tashrif amalga oshirgan.
Dias-Kanel va Kim Chen In o‘rtasidagi rasmiy muzokaralar 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Kuba yetakchisi tashrifi davomida Shimoliy Koreya parlamenti raisi Kim Yon Nam bilan ham uchrashadi.
Kuba matbuotining ma'lum qilishicha, ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralarda gap Kuba va Shimoliy Koreyaning xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTdagi o‘zaro hamkorligi haqida boradi.
Ikki davlatni uzoq yillik do‘stlik va yaqin siyosiy hamkorlik bog‘laydi. Jumladan, Kuba Shimoliy Koreyadan xalqaro sanksiyalar olinishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Shimoliy va Janubiy Koreyaning tashqi aralashuvlarsiz yagona davlatga birlashishi tarafdori hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:37 / 17.04.2026
KUBA – katta o‘yin ichidagi kichik davlat | MAYDON
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
08:52 / 30.03.2026
AQSh Rossiyaning Kubaga ketayotgan neft tankerini to‘xtatmadi
16:47 / 27.03.2026