Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarini noto‘g‘ri deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdo‘g‘an AQSh tomonidan Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni noto‘g‘ri deb atadi.
"Biz bunday sanksiyalarga bo‘ysunmaymiz. Men bu sanksiyalar kiritilishini to‘g‘ri qaror deb hisoblamayman. Mazkur qadam dunyodagi muvozanatni buzishga qaratilgan", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda NTV telekanali.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘an sanksiyalar "xalqaro huquq me'yorlariga mos kelmasligini" yana bir bor ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara "imperialistik dunyoda yashashni" istamaydi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda uning mamlakati Erondan yiliga 10 mlrd kub metr gaz sotib oladi.
2018 yil may oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning Tehron bilan kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgandi. U o‘shandayoq Eronga nisbatan barcha cheklovlar tiklanishini hamda u bilan hamkorlik qiladigan davlatlarga ham sanksiyalar qo‘llanilishini bildirgandi.
Sanktsiyalarning birinchi qismi 7 avgus t kuni, ikkinchi qismi esa 5 noyabrdan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026