O‘zbekiston | 12:40 / 06.11.2018
31782
2 daqiqa o‘qiladi

«Ipoteka-bank» raisi lavozimdan ketdi. U uyushma rahbarligiga o‘tkazildi

«Ipoteka-bank» raisi Omon Muhammadyaminovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etgan.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, u endi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga rais etib tayinlangan.

Bank raisi vazifasini esa vaqtinchalikka Musayevning birinchi o‘rinbosari bajarib turibdi.

Omon Musayev «Ipoteka-bank» raisi lavozimida 2013 yil martidan buyon ishlab kelayotgandi

U 1972 yilda tug‘ilgan, Moskva davlat amaliy biotexnologiya akademiyasini, shuningdek, Toshkent Moliya institutini tamomlagan. Turli yillarda «O‘zsanoatqurilishbank»dagi turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil may oyidagi «Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qarori bilan tashkil etilgandi. Uyushmaga shu kungacha Avazxon Shokirovich Ergashev raislik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid