Tödaköldagi mojaro. “Özbekbaliqsanoat” baliqçi(lik)ni böldiryaptimi yoki öldiryapti?
|20:13 / 28.02.202228 86112 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
2018 yil “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi raisining birgina buyruği bilan Tödaköl suv havzasi 2004 yildan beri foydalanib kelgan tadbirkordan olinib, qayta tanlov ötkaziş orqali boşqa, oçilganiga 15 kun bölgan firmaga berildi. Bu Tödakölda baliqçilik böyiça yaratilgan tizimning işdan çiqişiga va tadbirkor 33 mlrd sömga yaqin zarar körişiga olib kelgani aytilmoqda.
2017 yil may oyida Prezident qarori bilan “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi taşkil etilgan edi. Qaror bilan mazkur uyuşmaga baliq mahsulotlari işlab çiqarişning taşkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli taşkil etiş, baliq çavoqlarini takror köpaytiriş va ozuqa bazani mustahkamlaş, tabiiy suv havzalari va sun’iy köllarning resurslaridan oqilona foydalaniş, şuningdek, baliq yetiştiriş jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv texnologiyalarni joriy etiş kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Ammo “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi raisining birgina buyruği bilan Navoiyning Tödakölida baliqçilik böyiça şakllantirilgan tizim yöqqa çiqdi, deb hisoblamoqda Kun.uz'ga murojaat qilgan Şavqitdin Jamolov.
Şavqitdin Jamolov - “Aqua-Tudakul” MÇJ rahbari / Foto: KUN.UZ
Barçasi qanday boşlangan?
2003 yilda Vazirlar Mahkamasining “Baliqçilik tarmoğida monopoliyadan çiqariş va xususiylaştirişni çuqurlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, 2004 yilda “Shams-Navoiy” korxonasi “CASEF” jamğarmasi (Markaziy Osiyo kiçik va örta tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi, ta’sisçilari Jahon banki, AQŞning USAID fondi hamda Şveytsariya Iqtisodiyot vazirligi) bilan “Aqua-Tudakul” Özbekiston–Amerika qöşma korxonasini taşkil etgan va ötkazilgan tenderda Tödaköl suv havzasini 18 yil muddatga ijaraga oliş huquqini qölga kiritgan.
Foto: “Shams-Navoiy”
Ötgan yillarda qöşma korxona tomonidan xorijiy va özbek olimlari jalb qilingan holda kölda baliqçilikni rivojlantiriş, hosildorlikni oşiriş böyiça ilmiy izlanişlar olib borilgan hamda bir qator işlar bajarilgan.
Xususan, qöşma korxona tomonidan hosildorlikni oşiriş böyiça köl böyida 106 gektar sun’iy suv havzasi taşkil etilgan, Turkiyadan 167 ming AQŞ dollariga baliq yemi işlab çiqariş sexi keltirilib örnatilgan. Buning natijasida kölga har yili örtaça 125 tonna çavoq taşlab borilgan. Şuningdek, qöşma korxona mutaxassislari doimiy ravişda Isroil va Vetnam tajribasi asosida baliq ovlaş usullarini takomillaştirib borgan. Şu tariqa, kölda katta xarajatlar evaziga baliqçilik böyiça tizim yaratilgan.
Mavzuga oid
Qöşma korxona 2004-2016 yillarda köplab çet davlatlarga 1 mln 83 ming AQŞ dollarilik baliq mahsulotlari eksport qilgan. Muhimi, uşbu yillarda qöşma korxona 700 nafarga yaqin mahalliy aholini doimiy iş bilan ta’minlagan.
Foto: “Shams-Navoiy”
Foto: “Shams-Navoiy”
2018 yildan boşlab tabiiy suv havzalari doimiy ravişda tanho foydalaniş uçun “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasiga berildi.
“Aqua-Tudakul” qöşma korxonasining 18 yillik ijara şartnomasi 2022 yilda tugaşi kerak edi. Tabiiy suv havzalari balansiga ötgaç, “Özbekbaliqsanoat” Tödakölni ijaraga beriş uçun 2018 yil yanvar oyida qayta tender ötkazgan. 4 ta firma öz takliflari bilan qatnaşgan tenderda “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasi yana ğolib böladi hamda 2018 yil 23 yanvarda “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi bilan 10 yillik şartnoma imzolaydi.
“Özbekbaliqsanoat”ning ogohlantiriş xati
“Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasiga 2018 yil 3 aprel kuni uyuşma raisi örinbosari Şuhrat Rahmatov imzosi bilan özaro tuzilgan şartnomani bir tomonlama bekor qiliş haqida ogohlantiriş xati jönatgan.
Mazkur xatda şartnomani bir tomonlama bekor qilişga qöşma korxona tomonidan şartnomaning 12-, 47-, 48-, 49-bandlarida belgilangan şartlar bajarilmagani asos sifatida körsatilgan.
Şartnomaning 12-bandida bir yillik ijara haqining 40 foizi 1 aprel kunigaça tölanişi belgilangan. 47-bandida tabiiy suv havzasi atrofida 22 gektar reproduktiv sun’iy suv havzasi quriş, 48-bandida ijaraçi tomonidan kölni yilda ikki marotaba (mart-aprel hamda oktyabr oylarida) çavoq bilan baliqlantiriş, 49-bandida ovlanadigan yillik 2100 tonna baliqning oyma-oy taqsimoti berilgan.
Şartnomaning uşbu bandlariga köra, qöşma korxona mart–aprel oyida kölga 1,1 mln dona çavoq taşlaşi hamda 1,5 ming dona sadok örnatişi, şuningdek, oylik taqsimotga asosan yanvar-mart oylarida 756 tona baliq ovlaşi lozim edi.
Qöşma korxona mutasaddilariga köra, ikki oy muddatda 1500 dona sadok örnatiş imkonsiz. Qolaversa, 2018 yil 11 yanvardan 23 fevralgaça havo harorati minus darajada bölgan va köl muzlagan. Bu esa uşbu kunlarda baliq ovlaş imkonini bermagan.
Şuningdek, şartnomaga köra, 48-band, ya’ni 1500 dona sadok örnatiş mart-aprel oylarida bajarilişi belgilangan. Ammo “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi 3 aprelda, belgilangan muddat yakuniga yetmasdan şartnomani bir tomonlama bekor qiliş haqida xat jönatgan.
“Özbekbaliqsanoat” qöşma korxonaga xat jönatganidan 14 kun ötib, 2018 yil 17 aprel kuni uyuşma va qöşma korxona örtasida tuzilgan şartnomani bekor qiliş va tanlov ötkaziş haqida buyruq qabul qilgan.
Uyuşma raisining mazkur buyruği “Ijara töğrisida”gi qonunga zid bölişi mumkin. Çunki qonunning 13-moddasiga köra, tomonlarning biri şartnoma şartlarini buzgan taqdirda ikkinçisining talabiga köra ijara şartnomasi tegişli sudning qarori bilan bekor qilinişi mumkin.
Bundan taşqari, “Xöjalik yurituvçi sub’yektlar faoliyatining şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisida”gi qonunning 15-moddasiga asosan, taraflardan birining talabi bilan xöjalik şartnomasi iqtisodiy sudning qaroriga binoan faqat ikkinçi taraf xöjalik şartnomasini jiddiy ravişda buzgan yoxud qonunda yoki şartnomada nazarda tutilgan boşqa hollarda özgartirilişi yoki bekor qilinişi mumkin. Şuningdek, qonunning uşbu moddasida bir taraf şartnomani özgartiriş yoki bekor qiliş haqidagi taklifga ikkinçi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda körsatilgan yoxud qonunda yoki şartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bölmaganida esa öttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, xöjalik şartnomasini özgartiriş yoki bekor qiliş töğrisidagi talabni sudga taqdim etişi mumkinligi belgilangan.
Biroq, “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasiga ogohlantiriş xati yuborganidan 14 kun ötib, buyruq asosda şartnomani bekor qilgan.
Şartnomaning 56-bandida hamşartnomani bajarişda yuzaga kelgan barça nizolar muzokaralar va yozma sörovlar, yozişmalar asosida hal etilişi, agar bu töxtamga kelinmasa sudning qarori bilan bekor qilinişi belgilangan.
Tödaköl 15 yillik firmadan, 15 kunlik firmaga ötdi
“Aqua-Tudakul” qöşma korxonasi bilan örtadagi şartnoma bekor qilingaç, “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi 2018 yil may oyida Tödaköl suv havzasini ijraga beriş uçun qayta tender ötkazgan. Tenderda “Golden Lake Fish”MÇJ ğolib deb topilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Baliq ovlaş xöjaliklariga tabiiy suv havzalari uçastkalarini ajratiş, baliqni sanoat yöli bilan ovlaş, baliq ovlaş xöjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uçun ijara tölovini hisoblaş va undiriş tartibi töğrisida”gi Nizomda tanlov takliflarini körib çiqiş va tanlov ğolibini aniqlaşda bir qator baholaş natijalari, jumladan, talabgorning baliq ovlaş va tabiatni muhofaza qiliş tadbirlarini amalga oşiriş uçun mavjud moddiy-texnika vositalari (rusumi körsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlaş qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlaş uçun sovitiş uskunalari va hokazo) bölişi belgilangan.
Oçiq manbalarga köra, “Golden Lake Fish” MÇJ tender ötkazilişidan bor-yöği 16 kun oldin, 2018 yil 7 may kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Bu esa MÇJning baliqçilik sohasidagi imkoniyatlari va tajribasini baholaş talablariga javob berişini jiddiy şubha ostiga qöyadi.
33 mlrd sömlik baliqni heç kim “körmayapti”
Tödaköl suv havzasidan ijara asosida foydalaniş huquqi “Golden Lake Fish” MÇJga ötganida kölda “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasiga tegişli qariyb 33 mlrd sömlik yetiştirilgan baliq bölgan. Bu qöşma korxonaning soliq va statistika hisobotlarida ham aks ettirilgan.
Şuningdek, “Xolis baholaş xizmati” MÇJning baholaş xulosasi bilan 2018 yil 18 aprel holatiga kölda “Aqua-Tudakul” qöşma korxonasiga tegişli jami 34,76 mlrd sömlik baliq zaxirasi mavjud bölgani tasdiqlangan.
“Xolis baholaş xizmati” MÇJning baholaş xulosasi töğri ekani esa Moskvadagi “Xalqaro baholaş markazi” AJ konsalting guruhi ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan.
Tadbirkor kölda 33 mlrd sömlik zaxira baliği bölganini, u na tenderda, na “Özbekbaliqsanoat”ning boşqa hujjatlarida tilga olinmasdan, tanlov ğolibi “Golden Lake Fish”MÇJ ixtiyoriga ötib ketganini aytmoqda. Qöşma korxona mutasaddilari tomonidan zaxirada qolgan baliqni ovlab oliş böyiça qilingan murojaatlarga esa “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi rad javobini bergan.
Tadbirkorlik sub’yektining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklaş yuzasidan Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasiga jönatilgan xulosa hamda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasining xati ham masalaning ijobiy yeçim topişida natija bermagan.
Jumladan, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi raisiga 2018 yil 11 dekabr kuni jönatilgan xulosada uyuşmaning şartnomani bir tomonlama bekor qiliş haqidagi buyruği Fuqarolik kodeksining 382-, 384-moddalariga zidligi, uyuşma mazkur buyruğini özgartirişi va korxonaning buzilgan huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini tiklaş çoralarini körişi lozimligi ta’kidlab ötilgan.
Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi esa “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasiga 2018 yil 5 noyabrda jönatgan xatida mazkur holat Özbekistonning investitsion imidjiga ta’sir qilişini bildirgan.
Mazkur iş doirasida köplab sud mahkamalari bölib ötgan. Ammo ularning heç birida “Aqua-Tudakul”ning foydasiga qaror çiqmagan.
Ma’lumot uçun, 2018 yilga qadar 14 yil davomida Tödaköl suv havzasidan foydalanib kelgan “Aqua-Tudakul” MÇJ “SHAMS-NAVOI” XK (60,2%) va “Central Asiya Small Enterprise F” (CASEF) jamğarmasining (39,8%) ta’sisçiligida oçilgan.
CASEF jamğarmasining ta’sisçilari Jahon banki, AQŞning USAID fondi hamda Şveytsariya Iqtisodiyot vazirligi hisoblanadi.
Kun.uz muxbiri bölib ötgan voqealar yuzasidan izoh oliş maqsadida “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi matbuot xizmati rahbari Zilola Röziyeva bilan boğlandi. Avvaliga tahririyatni qiziqtirayotgan savollar yuborilsa, javob berilişi ma’lum qilindi. Savollar ham yuborildi. Ammo oradan olti kun ötib, barça savollarga sud jarayonlari tugagaç javob berilişi aytildi.
Darhaqiqat, ayni paytda “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi va tadbirkor örtasidagi nizo Yuqoriçirçiq tumanlararo iqtisodiy sudida qaytadan körilmoqda. Mazkur sud majlislarida Kun.uz muxbiri bevosita iştirok etib, protsessni kuzatmoqda. Qonunga köra, muayyan iş böyiça sud qarori çiqmasdan turib uning natijalarini taxmin qiliş taqiqlanadi. Şu bois, bu işda kimnidir haq yoki nohaq deyiş fikridan yiroqmiz. Biz şunçaki tadbirkor va uyuşma örtasidagi qariyb 4 yillik tarixga nazar taşladik xolos. Yakuniy bahoni sud beradi.