Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy inson shaxsini qadam bosishidan aniqlash texnologiyasini joriy etdi
Pekin va Shanxay «qadam bosishdan shaxsni aniqlash» texnologiyasi joriy etilgan dastlabki shaharlar bo‘ldi. Mahalliy politsiya endilikda sun'iy ong yordamida inson shaxsini qadam bosishi orqali ham aniqlay oladigan bo‘ldi.
Ushbu tizimni ishlab chiqqan Watrix kompaniyasi bosh direktori Xuan Yunchjenning aytishicha, mazkur ishlanma inson shaxsini 50 metrgacha masofada ortidan yoki uning yuzi to‘laligicha yashirilgan bo‘lsa ham aniqlay oladi.
Watrix dasturiy ta'minoti videoyozuvdan kerakli inson tasvirini ajratib oladi va tizim uning qanday qadam bosishini tahlil qilib chiqadi. Mazkur ishlanma real vaqt rejimida inson shaxsini aniqlay olmaydi: videoyozuvni dasturga yuklash lozim bo‘ladi.
Yunchjenning ta'kidlashicha, tizim 94 foiz aniqlikda ishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnologiya inson yuzi orqali uning shaxsini aniqlash tizimi bilan birgalikda yanada samarali natija beradi.
Shaxsni qadam bosishi orqali aniqlash texnologiyasi yangilik emas: Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQShda bu borada kamida 10 yildan buyon ish olib borilmoqda.
Xitoy kuzatuv kameralari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi: mamlakatda 170 millionta qurilmadan iborat tizim faoliyat ko‘rsatadi. Xitoy politsiyasi 2017 yildan buyon inson shaxsini aniqlashda ulardan foydalanib kelmoqda. Kuzatuv kameralari bilan bog‘liq eng shov-shuvli voqea 2018 yil aprelida sodir bo‘lgan: tizim 70 ming nafar tomoshabin orasidagi gumonlanuvchini aniqlay olgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026