Jahon | 12:05 / 09.11.2018
7434
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada maktab libosiga allergiyasi bor o‘quvchi darslarga pijamada kelmoqda

Foto: Caters News Agency

Buyuk Britaniyada to‘qqiz yoshli qiz maktab libosiga allergiyasi bo‘lgani sababli darslarga pijamada kelishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.

Nottingem grafligidagi Kivort qishlog‘ida yashovchi Lili Meysonning immun tizimi o‘ta sezuvchan bo‘lib, turli allergiya qo‘zg‘atuvchilardan keskin ta'sirlanadi.

O‘tgan yilning oktabrida Lilida maktab libosiga nisbatan allergiya boshlandi – qizning butun badanida og‘riqli toshmalar paydo bo‘ldi. Qizning onasi Joy uni maktabga pijamada – qizda allergiya qo‘zg‘atmaydigan yagona kiyimda jo‘natishga qaror qildi.  

«Ayrim matolar unga juda yomon ta'sir qiladi, ammo qizimning holati shunchalik tez o‘zgaradiki, barcha allergenlarni kuzatib turish qiyin. Bugun uning holati yaxshi bo‘lsa, ertasiga aksi bo‘lishi mumkin», — deydi ayol. 

Simptomlar kuchaygan paytda qiz faqat pijamada yuradi, maxsus yostiq ustida o‘tiradi va og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qiladi. Lili allergiya qo‘zg‘atmaydigan to‘qqizta mahsulotnigina iste'mol qilishi mumkin.

«Lilida istalgan narsaga nisbatan allergiya qo‘zg‘aladi. U hushidan ketishi, badaniga toshmalar toshishi, burni qonashi va o‘zini behol his qilishi mumkin», — deydi Joy.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid