Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni OPeK tarqalib ketishining oqibatlari qanday bo‘lishini o‘rganmoqda
Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan KAPSaRC (King Abdullah Petroleum Studies and Research Center) neft tadqiqotlari tahliliy markazi OPeK tashkiloti tarqatib yuborilishining ehtimoliy oqibatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayanib xabar qildi.
Tadqiqot OPeKning neft bozorini barqarorlashtirishdagi rolini o‘rganishga asoslangan. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, bu tashkilotning yo‘q bo‘lishi «ancha o‘zgaruvchan narx muhitini yuzaga keltiradi va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi», degan markaz prezidenti Adam Seminski.
Ar-Riyod ushbu tashkilotning ta'sir doirasi pasayishidan xavfsiramoqda va yangi mexanizmlarni qidirmoqda.
«Qirollikdagilar neftga bo‘lgan talab abadiy emasligini bilishadi, shu bois OPeKdan keyin nima bo‘lishi haqida o‘ylash lozim», — degan nashr manbasi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp OPeKni "monopoliya" deb atagan va neft narxini "hoziroq" tushirishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
09:23 / 14.07.2026
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026