Jamiyat | 12:15 / 10.11.2018
16750
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar qabuli: muammo va yechim

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latovning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi hamda “Telegram” messenjeridagi raqamiga  murojaat yo‘llab, shaxsan qabul qilishni so‘ragan fuqarolar uchun bugun hokimlik binosida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Bu haqda haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tegishli tuman hokimliklari mutasaddilari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimi 38 nafar fuqaroning ichki yo‘llarni ta'mirlash, yo‘lovchi tashish transportlari faoliyatini samarali tashkil etish, uy-joy bilan ta'minlash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Mavzuga oid