Jahon | 18:27 / 10.11.2018
7634
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Trampga Yevropadagi xavfsizlikni mustahkamlash zarurligini aytdi

Foto: AP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Yevropadagi xavfsizlikni mustahkamlash zarurligini bildirdi.

"Bugungi kunda Yevropa xavfsizligini birgina Qo‘shma Shtatlar ta'minlashi adolatdan emas… Shuning uchun bu vazifani bo‘lishib olish uchun bizga Yevropaning ko‘proq imkoniyati, ko‘proq mudofaasi zarur deb o‘ylayman", — dedi Makron.

Fransiya prezidenti Yevropa NATO doirasida mudofaa uchun xarajatlardagi ulushini oshirishi  lozimligini aytdi.

"Men prezident Trampning biz ham NATOda mudofaa uchun xarajatlarda ko‘proq qatnashishimiz to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilaman va shuning uchun mening Yevropa mudofaasi bo‘yicha takliflarim bunga to‘liq mos keladi deb o‘ylayman. Bu Yevropaning NATOda ko‘proq qatnashishini, ko‘proq imkoniyatlarni bildiradi. Bu adolatdan bo‘ladi deb o‘ylayman", — deya qayd etdi Makron.

11 noyabr kuni Fransiyada Birinchi jahon urushi yakunlanganligining yuz yilligi nishonlanadi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tinchlik forumiga dunyoning 60dan ortiq davlatlari va hukumat rahbarlari taklif etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid