Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada ko‘chki vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri yaqinidagi Niteroy shaharchasida ko‘chki vaqtida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 10 noyabr kechki vaqt Globo telekanali ma'lum qildi.
Ko‘chki oqibatida 9 ta turar-joy binosi va pitstseriya to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. Voqea joyida 70 ga yaqin qutqaruvchi ish olib bormoqda.
11 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Kamida 4 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. “Biz ular hali tirik bo‘lishi mumkinligini hisobga olib ishlamoqdamiz”, deb aytgan o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Robertu Robadey.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chkiga oxirgi kunlar Rio-de-Janeyroda kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026