Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi hokimi tasdiqlandi.
Endilikda Baxtiyor Kenjayevich Ibatov Denov tumaniga rahbarlik qiladi.
![](https://storage.kun.uz/source/denov1.jpg)
Baxtiyor Ibatov yangi lavozimga Denov tumanini 2017 yilning oktabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovichning o‘rnini egalladi. Ulug‘bek Qosimov 8 noyabr kuni Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshlagandi.
![](https://storage.kun.uz/source/3/Ipjanmq2yHX56cmOivzJw2MGB2jNj_pG.jpg)
Baxtiyor Ibatov 2016 yil dekabridan buyon Angor tumanini boshqarib kelayotgan edi. U bundan avval Qiziriq tumani hokimi, shuningdek, prokuratura tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Bundan avvalroq Angor tumaniga shu vaqtgacha viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Usmon Yangibayevich Turapov hokim vazifasini bajaruvchi bo‘lgandi.
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘ribosari T.Bobolov ishtirok etgan va so‘zga chiqqan.