Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Angor tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Ma’lumotlarga köra, navbatdan taşqari sessiyada Prezident administratsiyasi vakillari, viloyati hokimi v.b. Bahodir Pölatov, viloyat va tuman davlat idoralari xodimlari iştirok etgan. 

Bahodir Pölatov
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanişiça, majlis qatnaşçilari taşkiliy masalani muhokama qilişgan. Tuman hokimi Ibatov Baxtiyor boşqa işga ötganligi munosabati bilan lavozimini tark etgan. Tumanga viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi rahbari Usmon Turobov rahbarlik qiladigan böldi. 

Ibatov Baxtiyor
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Usmon Turobov
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, 8 noyabr kuni ham boş vazir Abdulla Aripov hamda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Surxondaryoga taşrif buyurgan hamda videoselektor yiğilişida taşkiliy masalalarni körib çiqişgan edi. 

Viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Uluğbek Oxunov hamda viloyat prokurori Öktam Saidov boşqa işga ötganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan edi. 

Surxondaryo viloyat prokurori, viloyat qişloq xöjalik boşqarmasi sobiq rahbari Rahmatulla Ğafforov viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimlariga tayinlangan edi.