Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlari soni 23 nafarga yetdi
AQShning Kaliforniya shtatidagi o‘rmonlar va butun boshli shaharlarni qamrab olgan yong‘inlar 23 kishining hayotdan olib ketdi, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.
Halok bo‘lganlarning jasadlari yonib ketgan mashinalar, uylar va ko‘chalarda topilgan. Odamlar favqulodda evakuatsiya vaqtida yong‘indan qochib qutula olmaganlar.
Bundan tashqari, yuzdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
Camp Fire (Gulxan) deb nom olgan ushbu o‘rmon yong‘inlari shtat tarixidagi eng vayronkori bo‘ldi. Yonayotgan o‘rmonlardan tarqayotgan tutun shtatdagi eng yirik shaharlarni, jumladan San-Frantsiskoni qamrab olgan. Kaliforniya o‘t o‘chirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida 6,4 mingdan ko‘proq inshoot yo‘q bo‘lgan.
Shu bilan birga yong‘in tarqalishda davom etmoqda. O‘t o‘chirish boshqarmasining baholashicha, yana 15 ming inshoot xavf ostida qolmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilalariga qo‘llab-quvvatlov bildirgan va yong‘in oqibatlarini falokatli deb atagan.
«Kaliforniyada 4000 dan ko‘proq odam 170 ming akrdan ziyodroq maydonning kulini ko‘kka sovurgan yong‘inlarga qarshi kurashmoqda. Qalblarimiz tabiiy ofatga qarshi kurashayotganlar, 52 ming evakuatsiya qilinganlar va halok bo‘lganlar oilalari bilan birga. Vayrongarchiliklar ko‘lami falokatlidir. Tangri hammani panohida asrasin», – deb yozgan Tramp tvitterda.