Jahon | 13:20 / 11.11.2018
10648
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyani tiklash bilan 400ga yaqin xorijiy kompaniya shug‘ullanadi

Foto: RIA Novosti / Mixail Alayeddin

Tez orada 400ga yaqin xorijiy kompaniya Suriya infratuzilmasini tiklash ishlarini boshlaydi, deb ma'lum qildi Suriya TIV rahbari o‘rinbosari Ayman Susan.

Susan TIV huzuridagi qayta tiklash iqtisodiy masalalari bo‘limi o‘tgan yilning sentabridan buyon bir necha ming so‘rov olganini, ulardan 400tasiga rozilik berilganini aytdi.

"Bular dunyoning turli burchaklaridan, xususan, Rossiya, Xitoy, Hindiston hamda suriyalik emigrantlarning 400ga yaqin kompaniyasi bo‘lib, yaqin vaqt ichida ishlar boshlanadi", dedi u.

U G‘arbdagi dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan mamlakatlar Suriyani tiklash ishlariga investitsiya kiritish imkoniyatini qo‘lga kirita olmasliklarini ta'kidladi. Shu bilan birga Susan bir nechta Italiya va Ispaniya kompaniyalaridan so‘rovlar tushganini ma'lum qildi.

Suriyada qurolli nizo 2011 yildan buyon davom etmoqda. 2017 yilda Suriya va Iroqda IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonilgani e'lon qilindi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid