Jahon | 17:20 / 12.11.2018
45954
3 daqiqa o‘qiladi

WP: Tramp va Makron o‘rtasidagi do‘stlik tugadi

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning Birinchi jahon urushi yakunlanganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan xotira tadbirlari tufayli Fransiyaga tashrifi Qo‘shma Shtatlar yetakchisining Yevropaga amalga oshirilgan navbatdagi o‘ng‘aysiz safariga aylandi. U aloqalarni yaxshilash imkoniyatidan foydalanish va qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltirish o‘rniga, AQSh va yevropalik hamkorlar o‘rtasida kattalashib borayotgan farqni yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi, deb yozmoqda The Washington Post.

Parijga yetib kelmasidan oldin Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning xalqaro xavfsizlikka oid so‘zlarini tanqid qilib, qarama-qarshiliklar borligini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan keyin Tramp Parijdagi noqulay ob-havo tufayli Amerika qabristoniga rejalashtirilgan tashrifni o‘tkazib yubordi. Shu sababli, Trampni amerikalik kuzatuvchilar va sharhlovchilar tanqid ostiga olishdi. Ularning ta'kidlashicha, yomon ob-havo Amerika prezidentiga o‘z vazifasini bajarishi uchun to‘siq bo‘lmasligi kerak edi.

Bundan tashqari, Tramp, xuddi Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi, xalqaro yetakchilarning Yelisey maydonlari bo‘ylab Zafar arkasi (Triumfal arka)ga birgalikda borishi marosimini o‘tkazib yubordi, u yerda esa Makron so‘zga chiqqandi. Nashrning ta'kidlashicha, Fransiya yetakchisi nutqida Trampning «Amerika hammasidan ustun» siyosatiga qarshi qaratilgan murojaat bor edi, deyiladi materialda.

«Millatchilik - bu vatanparvarlikka nisbatan xiyonat», - dedi Makron.

Nashrning qayd etishicha, agar Tramp va Makron o‘rtasida qachonlardir yaqin do‘stona munosabatlar bo‘lgan bo‘lsa-da, dam olish kunlarida yoziluvchi yaxshi kayfiyatdagi tvitlarga qaramay, endi bu holat o‘tmishda qoldi.

Germaniya kansleri Angela Merkelning pozitsiyasi Makronning qarashlariga nisbatan ko‘proq mos keladi. Merkel Yevropadagi eng muhim siyosiy shaxs sanaladi, ammo u o‘z faoliyatining oxirida turibdi, deya yozadi gazeta. Makron saylovoldi kampaniyasining sobiq maslahatchisi ta'kidlashicha, Fransiya yetakchisi Merkelning ketishi tufayli «yetim qoldi», shuningdek, mamlakat ichida mashhurlik reytingi tushishi oqibatida zaiflashdi. Tahlilchilarning qayd etishicha, aynan shu farqlar - hamda uning mamlakat ichidagi muammolari - Makronga «jahon yetakchisi» bo‘lishiga imkon bermayapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid