Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada bosh vaziri Qoshiqchi ishi bo‘yicha audioyozuvlar borligini tasdiqladi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan audioyozuvlar borligini tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada maxsus xizmatlari ushbu materiallar bilan tanishib chiqqan.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Kanada Qoshiqchi ishi bo‘yicha Turkiya bilan hamkorlik qilmoqda.
Tryudoning bildirishicha, bir necha hafta oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatlashdi va Parijga tashrifi davomida qisqacha muloqot o‘tkazdi, unda Turkiya rahbariga «Qoshiqchi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirishdagi qat'iylik uchun» minnatdorchilik bildirdi. Tryudoning so‘zlariga ko‘ra, Kanada boshqa davlatlar bilan bu hodisani tergov qilish va qotillikda aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya shahzodasiga yaqin shaxslar «dushmanlarning» o‘ldirilishini muhokama qilishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
12:01 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi
00:26 / 06.03.2025
Tramp Kanada tovarlariga bojlar joriy etilganidan keyin Tryudo bilan qo‘ng‘iroqlashdi
23:56 / 04.03.2025