Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga yaqin bölgan mamlakat maxsus xizmatlari xodimlari Ar-Riyod «duşmanlarining» öldirilişi ehtimolini muhokama qilişgan. Bu haqda manbalarga tayangan holda The New York Times xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, şahzodaga yaqin şaxslar xususiy kompaniyalar yordamida Eron rasmiy şaxslarini buyurtma asosida öldirişni muhokama qilişgan.

Ta'kidlanişiça, maxsus xizmatlar xodimlari Tehron iqtisodiyotini Ar-Riyod manfaatlari yölida beqarorlaştiriş ehtimolini örganişgan.

Şu bilan birga, bunday muhokamalar 2017 yilning mart oyida ötkazilgani aytiladi.

Naşrning qayd etişiça, uşbu uçraşuvlardagi iştirokçilardan biri saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişiga ham aloqador bölişi mumkin.