Jamiyat | 13:53 / 14.11.2018
10244
2 daqiqa o‘qiladi

Urgutda «marixuana»ning bozori chopmadi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston fuqarolari — aka-uka A.J. va X.J.lar xaridorga sotish maqsadida sellofan paketga o‘ralgan taxminan 200 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini elektron tarozida o‘lchab, 4 mln so‘mga kelishgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Shundan so‘ng aka-ukalar bergan ko‘rsatmalarga aniqlik kiritish maqsadida ularning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yana taxminan 75,78 gramm quruq holdagi, «marixuana» giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyat IIB EKBning ekspert ma'lumotnomasiga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida olingan moddaning sof og‘irligi 273,68 grammni tashkil etib, u quritilgan holdagi «marixuana» giyohvandlik moddasi ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid