Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga KXDR delegatsiyasi tashrif buyurdi
Foto: Yonhap
Shimoliy Koreyaning Tinchlik bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ri Chjon Xek boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga tinchlik va farovonlik masalalari bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etish uchun yetib keldi. Bu forum Seul yaqinida 16 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Yonhap axborot agentligining ma'lum qilishicha, delegatsiya tarkibiga Shimoliy Koreyaning 5 nafar yuqori martabali mansabdor shaxsi kirgan.
“Shimol va Janub munosabatlarning burilish onlarini boshdan kechirayotgan bu tarixiy davrda Janubiy Koreya yeriga qadam tashlashdan xursandman”, deb aytgan Xek Inchxon aeroportida.
Forumda Janubiy va Shimoliy Koreya rasmiy shaxslaridan tashqari, Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Yukio Xatoyama ham chiqish qiladi.
Mavzuga oid
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026