Jahon | 10:39 / 17.11.2018
5898
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi yong‘inda mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: Terray Sylvester / REUTERS

Kaliforniya shimolidagi Camp Fire o‘rmon yong‘ini oqibatida bedarak yo‘qolgan odamlar soni ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Shuningdek, bir sutka ichida halok bo‘lganlar soni 63 kishidan 71 kishigacha yetdi.

Rasmiylarning umid qilishicha, bedarak yo‘qolganlar orasida o‘z yaqinlari bilan aloqa o‘rnata olmayotgan odamlar ham bo‘lishi mumkin.

Bu yong‘in shtat tarixidagi eng halokatli va vayronakor  hodisaga aylandi. Yonib ketgan hudud hajmi 560 kvadrat kilometrdan ortiq, 12 mingdan ortiq bino hamda inshootlar yo‘q bo‘ldi. Taxminan 50 ming odam evakuatsiya qilindi.

Yong‘in avj olishda davom etyapti, bunga kuchli shamol va quruq ob-havo hissa qo‘shmoqda. Ba'zi joylarda olov soatiga 80 kilometrgacha tezlikda harakatlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid