O‘zbekiston | 10:00 / 17.11.2018
18495
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston o‘z gazini O‘zbekiston orqali eksport qiladi

 Chimkentda Ⅰ O‘zbekiston-Qozog‘iston mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasida 16ta hujjatni imzoladilar.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri saytida xabar qilinishicha, «KazTransGaz» AJ va «O‘ztransgaz» AJ o‘rtasida tabiiy gazni O‘zbekiston hududi orqali tashish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bundan tashqari, «KTZ Express» AJ va «O‘zavtotranstexnika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida hujjat imzolandi. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li mamlakatlarining viza rejimlarini tan olish to‘g‘risida o‘zaro kelishib olindi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 2018 yil shu davrigacha 2 mlrd dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga ko‘pdir. 

Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Asqar Maminning Chimkentdagi forumi doirasida ma'lum qilishicha, 2020 yilga kelib bu raqamni 5 mlrd dollarga yetkazish borasida barcha choralar ko‘riladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid