2018 yil yakunlariga köra, Özbekiston-Qozoğiston örtasidagi özaro savdo aylanmasi 2018 yil şu davrigaça 2 mlrd dollardan oşdi. Bu ötgan yilga nisbatan 40 foizga köp demakdir. 2020 yilga kelib bu raqamni 5 mlrd dollarga yetkaziş borasida barça çoralar köriladi. Qozoğiston Boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Mamin Çimkentda bölib ötgan Ⅰ Özbekiston-Qozoğiston mintaqalararo forumi doirasida şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.
«Qozoğistonda Özbekiston yili munosabati bilan köplab tadbirlar ötkazildi. Mamlakatlarimiz örtasida savdo aylanmasi körsatkiçlari borasida ijobiy ösiş kuzatilmoqda. Xususan, bu yil ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasi 2 mlrd AQŞ dollaridan ortiqni taşkil etdi, bu ötgan yilga nisbatan 40 foiz köpdir. Salohiyat bor va biz işlaşda davom etamiz. 2020 yilga kelib biz bu raqamni 5 mlrd dollarga yetkazişga harakat qilamiz», - Asqar Mamin.
15 noyabr kuni Qozoğistonning Çimkent şahrida Qozoğistonda Özbekiston yili yakunlanişiga bağişlangan yirik anjuman bölib ötdi. Unda Özbekiston boş vazirininng birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligidagi ikki yuzdan ortiq kişidan taşkil topgan delegatsiya iştirok etdi. Qolaversa, forum işini yoritiş maqsadida Özbekistonning davlat va nodavlat OAV vakillari ham taklif etildi.













