Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yong‘in. Besh nafar ishchi kasalxonaga yotqizildi
Foto: CC0 / Pixabay
Joriy yilning 18 noyabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida qurilish ishlarini olib borayotgan “G‘olib Javohir qurilish montaj” MChJga tegishli vagonda yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in 03:35 da o‘rab olinib, 03:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida vagonning 24 kv.m. maydonida ichki qismi yonib zarar ko‘rgan hamda vagonda mast holda uxlab yotgan, shu korxonaning 5 nafar ishchisi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Yong‘in vagonda elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:34 / 04.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi
11:45 / 03.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026