Jahon | 12:37 / 19.11.2018
3094
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Suriya bo‘yicha yangi uchrashuv sanasi ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA Novosti, Bolat Shayxinov

Ostonada Suriyadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha xalqaro uchrashuv 28-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilmoqda TASS.

Qayd etilishicha, bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov ma'lumot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Turkiya va Eron «Ostona jarayoni» doirasida Suriya Arab Respublikasi bo‘yicha yangi yig‘ilish o‘tkazishga kelishib oldilar.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, uchrashuv 28-29 noyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harakatlari Isroilning Suriyadagi rejalariga xalaqit bera boshlagani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid