Suriya va Livandagi Rossiya manfaatlari Isroilning harbiy imkoniyatlarini çeklamoqda. Bu haqda Haaretz yozyapti.

Naşrning ta'kidlaşiça, Suriya va Livanda Isroilning asosiy maqsadi Eron tomonidan «Hizbulloh» harakatiga qurol yetkazib berişni töxtatiş edi. Biroq, sönggi bir yilda mamlakat Suriyada Eronga aloqador kuçlarning mustahkamlanişiga yöl qöymaslikka urinmoqda. Bu vazifani mintaqada prezident Başar Asad rejimining kuçayişi, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi harakatlari qiyinlaştirmoqda.

Muallifning fikriça, Rossiya «Isroilga oldin amalda bölgan işlar holati endi boşqaça ekanini aniq körsatib qöydi». Bu masala böyiça davlatlar örtasidagi ba'zi keskinliklar Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxuning Parijda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvidan keyin ham saqlanib qolmoqda.

Avvalroq, Isroil Mudofaa armiyasi vakili Jonatan Konrikus Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tuşirilişi bilan boğliq vaziyatdan xulosa çiqariş kerakligini ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, Tel-Aviv rossiyalik harbiylar bilan özaro munosabatlar fonida vaziyatni keskinlaştirmaslik uçun çoralar köradi.