Jahon | 13:18 / 19.11.2018
27206
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Primorskiy tumanidagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Konkretno».

O‘zbekistonning 30 yoshli fuqarosi jasadi 18 noyabr kuni Gluxarskaya ko‘chasidagi 18-uy yonida joylashgan qurilish maydonchasida taxminan soat 18:00lar atrofida topilgan. U baland masofadan yerga qulagan. Bu yerda aholi uchun turar-joy qurilmoqda.

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lgan shaxs omborchi bo‘lib ishlagan. Uning balandlikdan yiqilishiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Penzada o‘zbekistonlik yigit halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid