Rossiyaning Penza şahrida 21 yoşli Özbekiston fuqarosining ölimi böyiça tekşiruv ötkazilmoqda. Ma'lum bölişiça, u Tsiolkovskiy köçasidagi uyning törtinçi qavati balkonidan pastga qulaşi natijasida halok böldi.

Foto: PenzaNews

«Dastlabki ma'lumotlarga köra, 14 oktabr kuni kvartira egasining taşabbusi bilan unga taniş bölgan tört kişi balkon ustida böğot örnatiş böyiça iş olib borgan. Iş paytida, 1997 yilda tuğilgan erkak balkon tösini bilan birga pastga tuşib ketgan. U olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok böldi», - deya xabar berişgan RF Tergov qömitasining Penza oblasti böyiça boşqarmasidan.

Foto: PenzaNews

Tergovçi tomonidan marhum ölimining barça tafsilotlarini aniqlaşga qaratilgan bir qator tekşiruv tadbirlari ötkazilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekşiruv natijalariga asosan protsessual qaror qabul qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olmaotada telefon öğirlagan özbekistonlik migrant 5 yilga qamalişi mumkin ekani xabar berilgandi.