Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga xalqaro yordam ko‘rsatish uchun shartlarni ma'lum qildi
Foto: Umit Bektas/Reuters
AQShning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Jonatan Koenning ma'lum qilishicha, Vashington shunday fikrdaki, to Suriyada hokimiyatni topshirish jarayoni boshlanmaguncha, xalqaro hamjamiyat ushbu davlatga yordam bermaydi. Diplomat bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishida ma'lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Shu bilan birga, Koenning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan muhim qadam konstitutsiyaviy qo‘mita tuzilishi bo‘ladi. Uning ta'kidlashicha, Suriya Arab Respublikasi hukumati bunday qo‘mita tuzilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Diplomat Moskvani Suriya yetakchisi Bashar Asadga ta'sir o‘tkazishga chaqirdi.
Doimiy vakil o‘rinbosarining ma'lum qilishicha, «xalqaro hamjamiyat barqaror va ortga qaratilmaydigan siyosiy jarayon boshlangani aniq bo‘lmagunicha, tiklanish uchun yordam berish masalasini hattoki ko‘rib ham chiqmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harakatlari Isroilning Suriyadagi rejalariga xalaqit bera boshlagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:33
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:31 / 06.05.2026