Jahon | 16:12 / 20.11.2018
5418
2 daqiqa o‘qiladi

YeI raketalar bo‘yicha bitim yuzasidan o‘z pozitsiyasini tushuntirdi

Foto: EUROPEAN UNION

Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilishicha, Yevropa davlatlari O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni saqlab qolishni istaydi. Mogerinining so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

U Yevropa mudofaa mahkamalari rahbarlari bilan muzokaralar oldidan shunday bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, Yevropada «barcha» O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni «muhim» deb hisoblaydi hamda uning saqlanib qolinishiga erishishni xohlaydi.

«Agar bitimni bajarish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lsa, unda, bizning fikrcha, chiqib ketish emas, balki unga to‘liq rioya etishga erishish lozim», - dedi Mogerini.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa tomoni O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarda «bitimni buzish» emas, balki hamon «uni mustahkamlash» imkoni borligiga umid qilmoqda.

Mavzuga oid