Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Meksika bilan chegaradan harbiylarni ortga qaytarmoqda
AQSh kelasi hafta mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan Meksika bilan chegaraga yuborilgan qo‘shinlarni ortga qaytara boshlaydi. Bu haqda Politico AQSh armiyasi general-leytenanti, janubiy chegaradagi amaliyotga rahbarlik qilgan Jyeffri Byukenenga asosan xabar berdi.
Chegaraga jami 5800 harbiy jo‘natildi. Byukenenning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida missiyasi tugaganlar, shu jumladan, muhandislik va logistika bo‘linmalari uylariga qaytadi.
Qayd etilishicha, barcha harbiylar Rojdestvodan oldin o‘z uylariga qaytishlari kerak. Shuningdek, general Pentagon Ichki xavfsizlik vazirligining migrantlar karvoni ishtirokchilari bilan to‘qnashuvlar yuz bersa, chegarachilarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovini rad etgan.