O‘zbekiston | 16:00 / 21.11.2018
31617
2 daqiqa o‘qiladi

San'at Umarov suddan yengillik so‘radi

Bugun, 21 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning sobiq xodimi San'at Umarov ustidan sud jarayoni davom etdi.

Sudda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar qilishicha, sudya O‘tkir Mamadaliyev raislik qilgan sud majlisida San'at Umarovga so‘nggi so‘zni aytish imkoni berilgan.

U so‘nggi so‘zida qilgan qilmishidan qattiq pushaymon ekani, yaqinda turmush qurgani, rafiqasi ayni vaqtda homiladorligi, oilada yagona boquvchi ekanini aytib, jazo tayinlashda suddan yengillik so‘ragan.

Shundan so‘ng sud maslahatlashuvga kirib ketgan. Birozdan so‘ng yakuniy hukm o‘qiladi.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash), 2-qismi «a» va «z» bandlarida hamda 241-1 -moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid